Toshkentda pirotexnika namoyishi qayerda va soat nechida bo‘lib o‘tadi?
eʼlon qilindi
Salyutning boshlanishi soat 21:00ga rejalashtirilgan

Poytaxtimizdagi «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bayramona pirotexnika namoyishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Salyut shousi soat 21:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zbek xalqini yaqinlashib kelayotgan Xotira va qadrlash kuni, Ikkinchi jahon urushidagi Buyuk g‘alabaning 79 yilligi bilan tabriklagan edi.