Yengil atletika federatsiyasini “O‘zbekneftgaz” AJ raisi boshqaradi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Federatsiyaning avvalgi rahbari o'z xohishi bilan iste'foga chiqdi
Foto: Olimpiya qo‘mitasi

«O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi Bahodir Sidiqov Yengil atletika federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi. O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasida uning nomzodi bir ovozdan ma’qullandi.

Avvalroq o‘sha yig‘ilishda Federatsiyaning sobiq raisi Mehriddin Abdullayevning o‘z iltimosiga ko‘ra iste’foga chiqishi haqidagi arizasi ko‘rib chiqilib, ma’qullangan edi.

Bahodir Sidiqov, o‘z navbatida, o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlash uchun bor kuch-g‘ayratini ishga solib, milliy terma jamoamiz sportchilari 2024-yilgi Parij yozgi Olimpiya o‘yinlariga astoydil tayyorgarlik ko‘rishi uchun bor kuch-g‘ayratini ishga solishini ta’kidladi.

Shuningdek