Xalqaro energetika agentligi (XEA) ma’lumotlariga ko‘ra, kelasi yil boshiga qadar jahon elektr energiyasining qariyb 51 foizi Osiyo mamlakatlarida ishlab chiqariladi.
Shu bilan birga, elektr energiyasining 33% Xitoy hissasiga to‘g‘ri keladi, qolgan 18% jami boshqa Osiyo mamlakatlari tomonidan ishlab chiqariladi.
2025-yilda Yer sayyorasida 30 ming teravatt-soatga yaqin elektr energiyasi ishlab chiqarilishi kutilmoqda.
Avvalroq Kursiv Markaziy Osiyodagi geotermal energiya istiqbollari haqida yozgan edi.