Dollarning narxi deyarli 12 720 so‘mga yetdi
eʼlon qilindi
Uning o‘rtacha qiymati 23 so‘mga o‘sdi

10-may kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 23,08 so‘mga ko‘tarildi va 12 718,08 so‘mni tashkil qildi.
Bugun mamlakatning moliya institutlari dollarni 12 635 – 12 685 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 720 – 12 780 so‘mdan sotishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 8-may kuni AQSh valyutasining o‘rtacha narxi 11,01 so‘mga o‘sgan edi.