Yangiliklar

O‘zbekistonda qaysi sohada kompaniyalar eng ko‘p

Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi
Foto: Piqsels

Oʻzbekiston Statistika agentligi ma’lumotlariga koʻra, respublikada savdo sohasida 100 mingdan ortiq mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) faoliyat yuritmoqda.

Umuman olganda, 1-aprel holatiga ko‘ra, respublikada 298 mingga yaqin shunday tashkilot faoliyat yuritgan. Ularning 112 mingga yaqini savdo sohasida band.

Yana 42 ming korxona sanoat sohasida, 27 mingtasi qurilish sohasida faoliyat yuritmoqda.

MChJ faoliyatining mashhur yo‘nalishlari qatoriga quyidagilar kiradi: yuk tashish va qishloq xo‘jaligi, o‘rmon va baliqchilik sanoati.

Avvalroq «Kursiv» aprel oyi boshida O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokida yaratilgan 14,2 ming kompaniya faoliyat yuritayotgani haqida yozgan edi.