O‘zR Energetika bozorini rivojlantirish agentligi qanday vazifalarni bajaradI

eʼlon qilindi
Bu haqda Vazirlar Mahkamasining qarorida aytilgan
Rasm: Unsplash

Raqobatbardosh elektr energiyasi bozorini tashkil etish Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi zimmasiga yuklatiladi, deyiladi hukumat qarorida.

Agentlik respublika gaz bozorini tartibga solish uchun ham mas’ul bo‘lishi va O‘zbekiston hukumatiga hisobdor bo‘lmasligi rejalashtirilgan edi.

Endilikda tashkilot 2026-yildan boshlab respublika energiya bozori monitoringi va elektr energiyasi tariflarini tasdiqlash bilan shug‘ullanadi.

Tashkilot 2024-2025-yillarda elektr energiyasi narxlarini respublika hukumati huzuridagi maxsus komissiya bilan kelishib oladi. 2026-yildan boshlab agentlik tarif takliflarini bevosita Vazirlar Mahkamasiga yuboradi.

Agentlikning boshqa vazifalariga energetika sohasida investitsiya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish kiradi. Shu bilan birga, tashabbuslar elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko‘paytirish va infratuzilmani yaratishga qaratilgan bo‘lishi kerak.

Avvalroq «Kursiv» investorlar O‘zbekistonga 12 GVt quvvatga ega «yashil» elektr stansiyalarini qurishda yordam berishini yozgan edi.

Shuningdek