Yandex O‘zbekistonda yangilangan Alisa’ni taqdim etdi

eʼlon qilindi
Endi u savollarning 95 foiziga javob bera oladi
Rasm: Yandex

Yandex O‘zbekistonda Alisa nomli virtual yordamchisining yangilangan versiyasini taqdim etildi. YandexGPT neyron tarmog‘i tomonidan quvvatlangan ushbu yordamchi yanada aqlli va ma’lumotga boy bo‘ldi.

Foydalanuvchilar Alisa’ga keng ko‘lamli savollar berishlari va to‘liq javob olishlari mumkin. U shuningdek, murakkab tushunchalarni oddiy so‘zlar bilan tushuntirishni va foydalanuvchilarga yangi g‘oyalarni yaratishga yordam berishni o‘rgandi. Alisa turli xil qurilmalar va platformalarda mavjud.

Oldin Alisa savollarning 60 foiziga javob bergan, boshqa hollarda esa Internetda javob izlash yoki qidiruv natijalarini yuborishni taklif qilgan. Endi YandexGPT neyron tarmog‘i tufayli u savollarning 95 foiziga javob beradi, agar javob saytdan topilgan bo‘lsa, ma’lumot manbasini ko‘rsatadi.

Hozirda Alisa bilan «Keling o‘ylab ko‘ramiz» rejimiga o‘tmasdan yangi narsalarni yaratish mumkin. Matnlar bilan ishlash uchun a.ya.ru saytida Alisa bilan maxsus chat paydo bo‘ldi, bu yerda tezislar, shiorlar va boshqa matn materiallarini yaratish oson va qulay bo‘ldi. Ushbu suhbat turli qurilmalar o‘rtasida sinxronlashtiriladi: kompyuterda suhbatni boshlagandan so‘ng smartfonda davom ettirish mumkin.

Bundan tashqari, Alisa bilan bir vaqtning o‘zida bir nechta suhbatlar o‘tkazish mumkin.

Avvalroq «Kursiv» Yandex O‘zR maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari uchun bepul IT-dasturni ishga tushirishini e’lon qilgan edi.

Shuningdek