Yangiliklar

2024-yilning I choragida Oʻzbekistonga qancha sayyoh tashrif buyurdi

Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi
Foto: weissdergeier/Depositphotos

2024-yilning birinchi choragida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan xorijlik sayyohlar soni 1,5 million kishini tashkil qildi. Yillik oʻsish esa 2,1 foizni tashkil etdi, deya xabar bermoqda Davlat statistika agentligi.

Sayyohlarning asosiy qismi Tojikiston fuqarolari hissasiga toʻgʻri keldi – 536,5 ming, shuningdek, faol ravishda Qirgʻiziston va Qozogʻistondan — mos ravishda 442 ming va 262,6 ming nafar sayyohlar faol tashrif buyurdi.

Oʻzbekistonga eng kam tashrif buyuruvchilar qatoridan Xitoy – 10 ming, Janubiy Koreya – 7,6 ming va Germaniya fuqarolari – 3,8 ming kishi hissasiga toʻgʻri keldi.

Joriy yilda Oʻzbekiston 2,2 million qozogʻistonlik va Rossiyadan 1 millionga yaqin mehmonni jalb etish niyatida.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning dastlabki ikki oyida Oʻzbekistonga xorijdan 974,2 ming nafar sayyoh tashrif buyurgan.

«Oʻzbekiston – 2030» strategiyasiga koʻra, 2030-yilga borib xorijlik mehmonlar sonini 15 millionga, mahalliy sayyohlar sonini 25 milliongacha, ziyoratchilarni 3 millionga yetkazish koʻzda tutilgan.

Avvalroq «Kursiv» xorijlik sayyohlar uchun «Oʻzbekiston – mening ikkinchi uyim» viza tizimi ishga tushishi haqida xabar bergan edi.