“Biznesni rivojlantirish banki” birinchi chorakni 394 milliard soʻm zarar bilan yakunladi
Korporativ axborot portali ma’lumotlariga koʻra, «Biznesni rivojlantirish banki»ning 2024-yil yanvar-mart oylarida sof zarari 394 milliard soʻmni tashkil qildi.
Bank oʻtgan yilning birinchi choragini 178,1 milliard soʻm foyda bilan yakunlagan edi.
Statistik ma’lumotlarga koʻra, joriy yilning dastlabki uch oyida bankning foiz daromadlari 812,6 milliard soʻmga, foizsiz daromadlari esa 194,1 milliard soʻmga yetgan.
Eslatib oʻtamiz, «Biznesni rivojlantirish banki» «Qishloq qurilish bank» negizida tashkil etilgan. Oʻtgan yilning avgust oyida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bank tomonidan tadbirkorlarga koʻmaklashish, biznes loyihalarini qoʻllab-quvvatlash uchun maslahatchilarni jalb etish boʻyicha 14 ta kichik biznes markazi tashkil etilishini aytgan edi.
Avvalroq «Kursiv» «Ohangaronsement» aksiyadorlik jamiyatining joriy yilning birinchi choragida zarari 119,9 milliard soʻmni tashkil qilgani haqida xabar bergan edi.