Yangiliklar

Endilikda tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanganlar “Inson” markazlarida yordam olishlari mumkin boʻladi

Bu haqda prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarori imzolandi
Foto: «Podari Shans»

Iyun oyidan «Inson» ijtimoiy xizmat koʻrsatish markazlarida tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanganlarga himoya orderi talab qilinmasdan ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning qarori imzolandi.

Xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlik holatlari ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan 102 raqamiga kelib tushgan murojaatlar asosida qayd etiladi.

Tazyiq va zoʻravonliklarda jabr koʻrgan xotin-qizlar, shuningdek, ularning farzandlari tuman va shaharlardagi markaziy shifoxonalarning tez tibbiy yordam boʻlimlariga joylashtiriladi.

Tashabbus mamlakat boʻylab bosqichma-bosqich joriy etiladi. 2024-yil iyun oyi boshidan Jizzax, Navoiy va Xorazm viloyatlarida joriy etiladi. 1-oktabrdan respublikaning barcha boshqa hududlarida yoʻlga qoʻyiladi.

Bunday qabulxonalarda jabrlanganlar tibbiy va psixologik yordam olishlari mumkin boʻladi.

Zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlarning tiklanish uchun reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazining hududiy boʻlimlarida vaqtinchalik boshpanalar ochiladi.

Bundan tashqari, ijtimoiy xodim, faol ayollar va profilaktika inspektori jabrlanganlar va ularga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan shaxslarning ijtimoiylashuvini olti oy davomida nazorat qiladi.

Respublikada zoʻravonlik va tazyiqdan jabr koʻrganlarga yordam paketi ham joriy etilmoqda. U «oila — mahalla — tuman va hudud» tamoyili asosida ishlaydi.

Avvalroq «Kursiv» Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev ayollar va bolalarni oiladagi zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunni imzolagani haqida xabar bergan edi.