Hukumatning Toshkent aeroportini koʻchirish haqidagi qarori bekor qilindi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Bu haqda hukumat qarori qabul qilindi
                    
                            
«Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida»gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 1992-yil 24-iyuldagi «Toshkent aeroportini koʻchirish haqida»gi qarori ham bekor qilindi.
Mazkur qarorda Toshkent aeroportini shahardan 45 kilometr janubi-gʻarbda va Chinoz shahridan 12 kilometr shimolda joylashgan yer uchastkasiga koʻchirish koʻzda tutilgan edi.
Ma’lumot uchun, hujjatga koʻra, umumiy hisobda 493 ta hukumat qarori bekor qilindi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistondagi toʻrtta aeroport xususiy boshqaruvga oʻtkazilgani haqida xabar bergan edi.
