Oʻzbekistonda iqtisodiy tengsizlik oʻsdi — Jahon banki

eʼlon qilindi
Bu haqda Jahon banki hisobotida ma'lum qilindi
Foto: Unsplash

Jahon banki Oʻzbekiston aholisi oʻrtasida iqtisodiy tengsizlik kuchayib borayotganini qayd etdi. Bu haqda moliya muassasasi ekspertlarining bayonotida ma’lum qilindi.

Bank tahlilchilarining fikricha, 2022–2023-yillarda aholining eng kambagʻal qatlami 10 foizining daromadlari 6 foizga, boylarning daromadi esa 30 foizdan koʻproqqa oʻsgan.

Bu vaqt ichida daromadlar tengsizligining statistik koʻrsatkichi (Jini koeffitsiyenti) 0,31 dan 0,35 gacha koʻtarildi.

Respublikada kambagʻallikni qisqartirishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish uchun Oʻzbekiston hukumati tomonidan uy xoʻjaliklari unumdorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha sa’y-harakatlar zarur.

Bank ma’lumotlariga koʻra, kambagʻallarni ish bilan ta’minlanish ehtimoli kamroq, ma’lumot darajasi pastroq va qaramogʻidagilar soni koʻproqdir.

«Uy xoʻjaliklari oʻrtasidagi bu oʻlchovlardagi tafovutlarni kamaytirish Oʻzbekistonda oʻsib borayotgan tengsizlikni cheklash va qashshoqlikni yanada kamaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarda muhim ahamiyatga ega boʻladi», deyiladi Jahon banki bayonotida.

Shunga qaramay, bank ekspertlari Oʻzbekistonda kambagʻallik darajasi pasayganini qayd etishdi. Agar 2015-yilda bu koʻrsatkich 36 foizni tashkil etgan boʻlsa, 2022-yilda 17 foizni tashkil etgan. Shu bilan birga, pasayish sur’ati Yevropa va Markaziy Osiyoning qolgan mamlakatlariga nisbatan yuqori boʻlib, bu koʻrsatkich xuddi shu davrda 13 foizdan 8 foizga kamaydi.

Jahon banki ekspertlarining fikricha, Oʻzbekiston 2030-yilga borib oʻrtacha daromad darajasi yuqori boʻlgan davlatlar qatoriga kirishi mumkin.

Avvalroq «Kursiv» joriy yil aprel oyi oxirida kambagʻallik chegarasi 648 ming soʻmga oshirilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek