Haftaning muhim yangiliklari: Ta’limdagi o‘zgarishlar, prezident Moskvadagi G‘alaba paradida ishtiroki, dollar kursining o‘sishi
2024-yilda dunyoda IT-ga sarflanadigan xarajatlar $5 trilliondan oshadi
2024-yilda dunyoda axborot texnologiyalarini (IT) joriy etish va rivojlantirishga sarflanadigan xarajatlar 8 foizga oshib, $5,06 trillionni tashkil etadi, deb yozadi «Kommersant» Gartner tadqiqotiga tayanib.
Oʻzbekistonda xorijiy avtomobillarni vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish tartibi oʻzgardi
«Bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida»gi qarorga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi.
Oʻzbekistonda toʻqimachilik bilan shugʻullanayotganlarga $12 million kredit ajratiladi
Oʻzbekistonda toʻqimachilik sohasida faoliyat olib boruvchilar uchun $12 million miqdorida bank kreditlari ochiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli faqmoni imzolandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda qaysi banklar eng ommabop
«SNS Ratings» O‘zbekistonda qaysi banklar ijtimoiy tarmoqlarda faol foydalanishi va eng ko‘p obunachilariga egaligi haqida joriy yilning 30-aprel holatiga ko‘ra natijalarni e’lon qildi.
Toshkent investitsiya forumida umumiy qiymati $26,6 milliardlik kelishuvlar imzolandi
Toshkent III xalqaro investitsiya forumi yakunlari boʻyicha $26,6 milliardlik shartnomalar imzolandi. Bu 2022-yilga nisbatan 2,4 baravar koʻp, deb xabar qilmoqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.
MB O‘zbekistonda 2024-yilda iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
Joriy yilning 1-choragi yakunlari boʻyicha iqtisodiyotdagi talab va taklif darajasi, aholi va tadbirkorlik kompaniyalari xarajatlaridagi oʻzgarishlar sababli, Markaziy bank o‘rta muddatli makroiqtisodiy prognozlarini qayta koʻrib chiqdi.
Toshkentda oziq-ovqat mahsulotlari qancha turadi
O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi «Food City» savdo markazidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini o‘rgandi.
O‘zbekiston nochor davlatlar reytingida nechanchi o‘rinda?
O‘zbekiston dunyoning 190 ta qashshoq davlatlar orasida 67-o‘rinni egalladi, bu reyting «Global Finance Magazine» tuzdi.
Oʻzbekistonda biznes birja obligatsiyalari orqali moliyalashtirishni jalb qila oladi
«Toshkent» respublika fond birjasida birja obligatsiyalarini chiqarish imkoniyati yaratildi. Reglament bugun, 6-maydan kuchga kirdi, deya aniqlik kiritdi RFB.
O‘zbekiston hukumati temir yo‘l qurilishini ustuvor vazifa deb biladi
Temir yo‘llarni qurish va modernizatsiya qilish O‘zbekiston hukumati uchun strategik ahamiyatga ega, deyiladi mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev matbuot xizmati bayonotida.
Shavkat Mirziyoyev 9-may kuni Moskvadagi harbiy paradda ishtirok etdi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-may kuni Moskvada 1941−1945-yillarda boʻlib oʻtgan Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 79 yilligiga bagʻishlangan harbiy paradda faxriy mehmoni sifatida ishtirok etdi.
O‘zbekistonda abituriyentlarga davlat grantlarini taqsimlash tizimi o‘zgaradi
Oʻzbekistonda oliy oʻquv yurtlari abituriyentlari uchun davlat grantlarini taqsimlash tizimi oʻzgartiriladi, chunki amaldagi tartib «raqobatni to‘liq ta’minlamayapti», deb xabar qildi O‘zR prezidenti Shavkat Mirziyoyev matbuot xizmati.
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 20 mln soʻmdan mukofot puli berildi
Oʻzbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 20 million soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti berildi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni imzolandi.
Oliy sud tomonidan bosmachilik va antisovet faoliyatida ayblangan 198 nafar shaxs reabilitatsiya qilindi
2024-yil 6-may kuni Oliy sud Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan jami 11 ta jinoyat ishi boʻyicha 198 nafar shaxs oqlandi, deb xabar beradi O‘zR Oliy sudi matbuot xizmati.
O‘zbekistonda avtomobillarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish narxi arzonlashdi
Avtomashinani qayta ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun to‘lov bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizigacha kamaytirildi. Bu 34 ming so‘mni tashkil qiladi.
Uy-joy subsidiyasi: uni olish uchun qanday daromadga ega bo‘lishingiz kerak
O‘zbekistonda ko‘pchilik uy-joy olish uchun subsidiya so‘rab murojaat qiladi, lekin daromad talabiga e’tibor bermaydi va rad javobini oladi. Bu haqda Bankir Telegram kanali xabar bermoqda.
Nodirbek Abdusattorov sovrin jamgʻarmasi $175 ming boʻlgan musobaqada ishtirok etadi
Varshava shahrida boʻlib oʻtadigan Superbet Poland 2024 turnirida oʻzbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etadi.
Apple yangi iPad Air va Pro taqdimotini oʻtkazdi
Amerikaning Apple texnologik kompaniyasi yangi iPad Pro planshetining taqdimotini oʻtkazdi. Qurilma protsessorning soʻnggi versiyasi — M4 chipi bilan jihozlangan boʻlib, u sun’iy intellekt (SI) bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga moʻljallangan. Bu haqda Bloomberg nashri xabar bermoqda.
Chevrolet Lacetti uchun shartnomalar bir soatga yetmasdan tugadi
8-may kuni soat 10:41 holatiga ko‘ra Lacetti modeli avtomobili bo‘yicha 4500 shartnoma tuzildi, deb xabar beradi UzAutoMotors matbuot xizmati.
Oʻzbekistonning xalqaro zaxiralar $918 mlnga ortdi
Aprel oyi yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston xalqaro zaxiralarning umumiy qoldigʻi $918 mlnga koʻpayib, $35,1 mlrdni tashkil qildi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.
OʻzR suv xoʻjaligi vaziri: Bu yil Amudaryo va Sirdaryoda suv hajmi yuqori boʻladi
O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev mintaqadagi suv resurslari bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilda yog‘ingarchilik tufayli Amudaryo va Sirdaryoda suv hajmi yuqori bo‘ladi.
Davlat rahbari «Matonat madhiyasi» yodgorligi poyiga gul qo‘ydi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gʻalaba bogʻiga tashrif buyurib, «Matonat madhiyasi» yodgorligi poyiga gul qoʻydi. Davlat rahbari matbuot xizmati marosimdan fotoreportajni namoyish qildi.
Toshkent metropolitenida ayol mashinistlar ish boshlaydi
Toshkent metropolitenida xotin-qizlar elektropoyezd mashinistligi boʻyicha ish boshlaydi. Bu haqda metropoliten axborot xizmati xabar berdi.
Qanday qilib AQShda yashash uchun ruxsatnoma olsa bo‘ladi
Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) butun dunyodan migrantlar va investorlarni jalb qilishda davom etmoqda. AQSh immigratsiya tizimi murakkab bo‘lib, eng yaxshi immigratsiya yo‘lini tanlash va soliq majburiyatlarini oldindan rejalashtirish uchun individual yondashuvni talab qiladi. Shu sababdan, Henley & Partners ma’lumotiga ko‘ra, investitsiya jalb qilish orqali AQShda yashash ruxsatnomasini olish mumkin bo‘ladi.
Ta’lim granti asosida tahsil olgan bitiruvchilarning 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi
Davlat granti asosida oʻqigan bitiruvchilarning oʻqishni tugatgandan keyin 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi. Bu haqda bugun, 8-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Magistratura va doktoranturadagi ba’zi yo‘nalishlarda xorijiy til sertifikati B1 darajaga pasaytiriladi
Magistratura va doktoranturaga qabul qilishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikat talabiga o‘zgartishlar kiritildi. Bu haqda bugun, 8-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Turkiya kompaniyasi O‘zbekistonda poyabzal ishlab chiqarishga $2 mln sarmoya kiritmoqchi
«O‘zcharmsanoat» uyushmasi va Turkiyaning CASHM BARLAS kompaniyasi vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan yangi investitsiya loyihasining rejalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston prezidenti Moskvadagi G‘alaba paradida ishtirok etdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya rahbari Vladimir Putinning taklifiga binoan Moskva shahrida Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.
O‘zbekiston qamoqxonalarida onlayn uchrashuv xizmati yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Vazirlar Mahkamasining jazoni ijro etish muassasalaridagi mahkumlar uchun DXSh asosida masofaviy videokonferens-aloqa xizmatini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Poytaxtliklar Xotira va qadrlash kunini qanday nishonlashdi – fotoreportaj
9-may O‘zbekistonda Xotira va qadrlash kuni nishonlanadi. Bog‘lar, savdo markazlari va boshqa ko‘ngilochar maskanlarda bayram dasturlari, konsertlar tashkil etilmoqda. «Kursiv» muxbiri G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, toshkentliklar bu kunni qanday o‘tkazganini suratga oldi.
Toshkentda tashkil etilgan noqonuniy poygada bir kishi halok bo‘ldi
Toshkent shahrining Sergeli tumanida sodir boʻlgan YTH oqibatida bir kishi halok boʻldi. Bu haqda Toshkent shahar Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Oʻzbekistonga sarmoya kiritayotgan davlatlar roʻyxatida Xitoy yetakchilik qilmoqda
Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar-mart oylarida 107 trillion soʻmdan ortiq kapital investitsiyalarni jalb qildi. Ularning qariyb 70 foizi xorijiy investitsiyalar hisobiga toʻgʻri keldi, deya xabar beradi Davlat statistika agentligi.
Bozordagi vaziyat: neft va gaz narxi oshib bormoqda
Juma kuni ertalab xalqaro bozorlarda neft va gaz narxi oshib bormoqda, deya xabar beradi Trading economics portali.
Mirziyoyev: charm, gilam va pillachilik sanoatida hal qilinishi lozim boʻlgan muammolar bor
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-may kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda charm, gilamchilik va pilla sanoatida mavjud bo‘lgan ayrim muammolar haqida gapirdi.
Uzbekistan Airways foydasi 61,4 mlrd so‘mga tushdi
«Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi joriy yilning birinchi choragini 61,4 mlrd so‘m sof foyda bilan yakunladi, bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 14,3 foizga kam, deb xabar berdi KAP DEPO investitsiya kompaniyasi.
Dollarning narxi deyarli 12 720 so‘mga yetdi
10-may kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 23,08 so‘mga ko‘tarildi va 12 718,08 so‘mni tashkil qildi.
O‘zbekistonning eng sekin ishlaydigan bojxona postlari
«Toshkent» xalqaro aeroporti import bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish tezligi bo‘yicha O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyat postlari (TIF) o‘rtasida birinchi uchlikdan joy oldi. OʻzR Bojxona qoʻmitasining ochiq maʼlumotlariga koʻra, bu oʻrtacha 4 soat 56 daqiqa 41 soniya davom etadi.