Afg‘oniston shimolida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida suv toshqinlari sodir bo‘lib, 300 dan ortiq odamlar halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters.
12-may holatiga ko‘ra, 315 kishi halok bo‘lgan, 1,6 mingdan ortiq kishilar jarohatlangan.
«Tolibon» minglab uylarga zarar yetkazilgani va ko‘plab chorva mollari nobud bo‘lgani haqida xabar bergan. Tibbiyot va boshqa muhim infratuzilmaga yetkazilgan zarar ham ma’lum.
Avvalroq «Kursiv» Xitoy va Braziliyadagi suv toshqinlari haqida yozgan edi.