Bozorlardagi vaziyat: bug‘doy narxi to‘qqiz oy ichida eng yuqori darajaga ko‘tarildi
Braziliyadagi suv toshqinlari tufayli jahonda bug‘doy narxi oshib bormoqda, deb xabar berdi «Trading Economics» portali.
Bug‘doy fyucherslari narxi bir bushel uchun $6,5 ko‘tarildi. To‘qqiz oy davomida bu maksimal narx bo‘ldi.
Sababi, investorlarning noqulay ob-havo tufayli ta’minotning uzilishi haqidagi xavotirlari edi. May oyining boshida boshoqli don yetishtiruvchi Braziliyada kuchli suv toshqinlari yuz berdi.
Bundan tashqari, soya fyucherslari uch oylikda eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi: bir bushel uchun $12,3. Biroq, keyinchalik narx biroz pasaydi – $12.
Birjada Tesla (-2,24 foiz) va Amazon (-0,99 foiz) qimmatli qog‘ozlari arzonlashmoqda. Nvidia (+1,31 foiz) va Visa (+0,87 foiz) aksiyalari narxi o‘sib bormoqda.
Avvalroq «Kursiv» 10-may kuni bozorlardagi vaziyat haqida yozgan edi.