Namanganliklar Qirg‘izistondagi zilzila aks sadosini his qilishdi
eʼlon qilindi
Yer silkinishlari 11:44 da qayd etilgan
13-may, dushanba kuni soat 11:44 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar berdi O‘zbekiston Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.
Yer silkinishlari 10 km chuqurlikda qayd etilgan. Magnitudasi 3,9 ni tashkil etdi. Zilzila Namangan viloyati aholisiga ham sezildi. Yangiqo‘rg‘on va Kosonsoy tumanlarida uning kuchi 2 ballni tashkil etdi.
Avvalroq «Kursiv» 6 may kuni Samarqand viloyatida yuz bergan zilzila haqida yozgan edi.