Yangiliklar

OKMK eksport hajmini $177,7 milliongacha qisqartirdi

Joriy yilning yanvar-aprel oylari bo‘yicha
Rasm: kalinovsky/Depositphotos

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) 2024-yilning yanvar – aprel oylarida $177,7 millionlik mahsulot eksport qildi, deb xabar qildi korxona matbuot xizmati.

Qayd etish joizki, bu ko‘rsatkich 2023-yilning shu davriga nisbatan 26,9 foizga pastroq.

Joriy yilning 4 oyida AGMK tomonidan 15,6 ming tonna mis mahsulotlari va 9,3 ming rux yetkazib berildi.

Korxona mahsulotlari dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlariga eksport qilinadi. O‘tgan yili zavod AQSh, Meksika va Finlyandiyaga mis katankasi va mis kuporosi eksportini boshladi.

Joriy yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobotga ko‘ra, OKMK sof foydasi yillik o‘sish 4,7 foizni tashkil etib, 1,5 trln so‘mga yetdi. Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar 904,9 foizga oshib, 713,1 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Avvalroq «Kursiv» OKMK O‘zbekistondagi eng yirik ish beruvchilar qatoridan joy olgani haqida yozgan edi. Korxonada 36,6 ming kishi ishlaydi.