O‘zbekiston byudjeti taqchilligi 5,9 trillion so‘mga yetdi

eʼlon qilindi
May oyining o‘n kunligida davlat xarajatlari 13,1 trillion so‘mdan oshdi
Foto: Shutterstock

2024-yil 1-maydan 10-maygacha O‘zbekiston davlat byudjeti taqchilligi 5,99 trillion so‘mni tashkil qildi, deb xabar berdi Iqtisodiyot va moliya vazirligi.

Bu davrda davlat xarajatlari 13,1 trillion so‘mdan oshdi. Davlat byudjetiga tushumlar hajmi 7,1 trillion so‘mni tashkil etdi.

Birinchi o‘n kun ichida mamlakatimiz elektron bozorida jami 324,5 milliard so‘mlik 28,8 mingdan ortiq xarid amalga oshirildi.

Avvalroq «Kursiv» 2024-yil 1-martdan 29-martgacha O‘zbekiston byudjeti taqchilligi 6,84 trillion so‘mdan ortiqni tashkil qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek