O‘zbekistonda maxsus texnika lizingi hajmi yetti barobarga o‘sadi
eʼlon qilindi
“O‘zagrolizing” AJ o‘z rejalarini ma’lum qildi
«O‘zagrolizing» aksiyadorlik jamiyati 2024-yilda maxsus texnika lizingi hajmini yetti barobarga oshiradi. Bu haqda AIMKda bo‘lib o‘tgan brifingda kompaniya matbuot kotibi Sarvinoz Mirzaeva ma’lum qildi.
Qishloq xoʻjaligi ishlari bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga yetti yil muddatga lizing asosida bittadan mini traktor ajratiladi.
Mirzaevaning qoʻshimcha qilishicha, respublikada ham aholiga tegishli boʻlgan yer uchastkalarini qayta ishlash tizimi ustida ish olib borilmoqda. Ushbu maqsadlarga erishish uchun «O‘zagrolizing» Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 100 million dollar miqdorida kredit oladi.
Avvalroq «Kursiv» jahon bozorida bug‘doy narxi oshishi haqida yozgan edi.