Yangiliklar

Oʻzbekistonda mehnat qonunchiligi eng koʻp xalq ta’limida buzilganligi ma’lum boʻldi

Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati xabar berdi
Foto: Orathai164 / depositphotos.com

Oʻzbekistonda joriy yilning yanvar–aprel oylari davomida mehnat qonunchiligini eng koʻp buzgan soha xalq ta’limi boʻldi. Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Unga koʻra, mazkur davr mobaynida xalq ta’lim muassasalarida 5 612 ta mehnat qonunchiligi buzilganligi ma’lum bo‘ldi. Keyingi oʻrinlarda maktabgacha ta’lim muassasalarida (2 173 ta), Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida 1 215 tani tashkil qildi.

Shuningdek, qurilish tashkilotlarida 266 ta hamda qishloq xoʻjaligida 452 ta qayd etildi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston ta’lim va mehnat munosabatlarida zoʻravonlikka qarshi kurashishi haqida xabar bergan edi.