Yangiliklar

O‘zbekistonda yana o‘nta xalqaro avtobus yo‘nalishi ochiladi

Shu yilning oxirigacha
Foto: Transport vazirligi

Joriy yilda Oʻzbekistonda oʻnta yangi xalqaro avtobus yoʻnalishlari yoʻlga qoʻyiladi, deb xabar qildi respublika Transport vazirligi.

Yangi yo‘nalishlar Samarqand, Buxoro, Shahrisabz va Toshkentni Bishkek, Turkiston, Dushanbe, Ufa va Krasnodar bilan bog‘laydi.

Bugungi kunda 32 ta mahalliy va xorijiy tashuvchining 196 ta avtobusi Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistonga 37 ta yoʻnalish boʻyicha qatnaydi.

Avvalroq «Kursiv» Toshkent va Chorvoq o‘rtasida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgani haqida yozgan edi.