Qirgʻiziston Oʻzbekistonga spirtli ichimliklar yetkazib berishni yoʻlga qoʻymoqchi

eʼlon qilindi
Tomonlar dastlabki shartnomani imzoladi
Foto: Unsplash

Qirgʻiziston Oʻzbekistonga alkogol mahsulotlar yetkazib berish niyatida. Bu haqda Qirgʻiz Respublikasi Iqtisodiyot va savdo vazirligi xabar berdi.

Qirgʻiziston Oʻzbekistonning «KREDO BEST» MChJ kompaniyasi bilan dastlabki shartnomalarni imzoladi. Qoʻshni davlatdan yuqori sifatli alkogol – vino, aroq va konyak yetkazib berilishi kutilmoqda.

«Ishonchimiz komilki, ichimliklarimiz sifati va hamyonbop narxi bilan koʻpchilikka ma’qul keladi», deydi Qirgʻizistonning Oʻzbekistondagi savdo vakili Almaz Temirbekov.

Oʻzbekiston Statistika agentligining ma’lumotlariga koʻra, joriy yilning birinchi choragida mamlakatimiz xorijdan $58,8 millionlik ichimlik va tamaki mahsulotlarini sotib olgan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 82 foizga koʻpdir.

Ma’lumot uchun, «KREDO BEST» MChJ 2022-yil may oyida tashkil etilgan boʻlib, kompaniya spirtli ichimliklarni chakana savdosi bilan shugʻullanadi. Kompaniyaning ustav kapitali 50 million soʻmni tashkil etadi.

Avvalroq «Kursiv» 2025-yildan boshlab Oʻzbekistonda xorijiy pivo reklamasiga ruxsat berilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek