AQSh Davlat departamenti O‘zbekistonni diniy erkinliklarni cheklash bo‘yicha maxsus kuzatuv ro‘yxatiga kiritmagan, deya xabar beradi Qozog‘iston Inson huquqlari va qonun ustuvorligi xalqaro byurosi (QIHQUXB).
Markaziy Osiyoning yana ikki davlati – Qozog‘iston va Qirg‘iziston ham ro‘yxatga kirishmadi.
Shu yilning may oyi boshida AQShning Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha komissiyasi Amerika davlat departamentiga ushbu mamlakatlarni tegishli ro‘yxatga qo‘shishni tavsiya qilgan edi.
Komissiya, shuningdek, tinch diniy faoliyati bo‘yicha qamalganlarni ozod qilish uchun Oʻzbekiston hukumatiga bosim oʻtkazishni tavsiya qildi.
Boshqa takliflar orasida O‘zbekiston bilan hamkorlikda 2021-yilgi din to‘g‘risidagi qonunni qayta ko‘rib chiqish va uni jahon standartlariga moslashtirish kiradi. Diniy jamoalarni ro‘yxatga olishni bekor qilish va diniy adabiyotlarni tarqatishga ruxsat berish taklif etildi.
Eslatib oʻtamiz, 2023-yil sentabr oyida Oʻzbekiston hukumati Bosh vazir Abdulla Aripov oʻzining ishchi uchrashuvlaridan birida mansabdor shaxslarni din yoki davlat xizmati oʻrtasida birini tanlashga majburlagani haqidagi xabarlarga javob qaytargan edi.