ATTO kartalari faqat Uzpost filiallarida sotiladi

eʼlon qilindi
15-maydan boshlab

2024-yil 15-maydan boshlab Toshkent shahrida yagona ATTO transport kartasining barcha savdo nuqtalari yopiladi, deb xabar berdi «Toshshahartransxizmat».

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, may oyining oʻrtasidan boshlab ATTO hisobini toʻldirish yoki kartalarni xarid qilish faqat Uzpost aloqa boʻlimlarida mumkin boʻladi.

Poytaxt aholisi Android va iOS’dagi smartfonlar uchun ATTO ilovasidan ham foydalanishlari mumkin.

Avvalroq «Kursiv» Toshkentda jamoat transportida yurish Anorbankning UZCARD Kids kartasi bilan 990 so‘m bo‘lishi haqida yozgan edi.

Shuningdek