Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining so‘nggi hisobotiga ko‘ra, joriy yilning aprel oyida avtomobillar sotuvida pasayishning tezlashishi kuzatildi, biroq elektromobillar segmentida o‘sish kuzatilmoqda.
Tahlilchilar ma’lumotlariga koʻra, aprel oyida mamlakatda jami avtomobil savdosi 19 foizga qisqarib, 88,3 mingtaga yetdi. Aprelda 78,5 mingta yengil avtomobillar sotildi, bu avvalgi oyga nisbatan 18,6 foizga kam. Yengil avtomobillar bozori pasayishi Namangan, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarida 30 foizdan oshdi. Yillik o‘lchovda 35,3 foizga kamaydi.
Avtomobil bozorining savdosi pasayishi sabablaridan biri, bu respublika Markaziy Banki tomonidan umumiy kredit portfelida avtokreditlar 25 foizdan ko‘p bo‘lmasligi kerakligi haqidagi qaroridan keyin kuzatilmoqda.
Oʻzbekistonda yengil avtomobillarning birlamchi bozorida sotuvlar hajmining pasayish tendensiyasi davom etmoqda. Aprel oyida ushbu segment pasayishning sekinlashishini ko’rsatdi. Oy davomida 20 mingga yaqin avtomobillar sotilgan, bu mart oyiga nisbatan 10 foizga kam, mart oyida esa pasayish 17 foizni tashkil etgan. O‘tgan yilga nisbatan bu bozor deyarli 22 foizga qisqardi.
Yangi mahalliy avtomobillar sotuvi ketma-ket uchinchi oy pasaymoqda. Aprel oyida 17,7 ming dona avtomobil sotilgan, bu o‘tgan oyga nisbatan 9 foizga, o‘tgan yilga nisbatan 21 foizdan ko‘proqqa kamdir.
Xorijiy yengil avtomobillar bozori ham 15,3 foizga qisqardi, aprel oyida umumiy savdo hajmi 2 mingtani tashkil etdi, bu bir yil oldingi ko‘rsatkichga nisbatan 24 foizga kam.
Yengil avtomobillarning ikkilamchi bozori 21,2 foizga qisqardi, o‘tgan oyda roʻyxatga olingan mashinalar soni 59 mingga yaqin avtomobilni tashkil etdi. Yillik asosda ushbu segment 39 foizga tushib, 2022-yil boshidan beri eng past darajaga yetdi.
Boshqa tomondan, elektr transport vositalari bozori o‘sishda davom etmoqda. Aprel oyida elektromobillar savdosi 2,9 mingtagacha o‘sdi, bu mart oyiga nisbatan 23,2 foizga ko‘pdir. Sotishning asosiy ulushi poytaxtga to‘g‘ri keladi, u erda deyarli 2 mingta elektromobil sotilgan. Yillik asosda mamlakatda elektromobillar savdosi ikki baravar ko‘paydi.
Boshqa tomondan, elektr transport vositalari bozori o‘sishda davom etmoqda. Aprel oyida yo‘lovchi elektr transport vositalarining savdosi 2,9 mingtani tashkil qildi, bu mart oyiga nisbatan 23,2 foizga ko‘p. Sotishning asosiy ulushi poytaxtga to‘g‘ri keladi, u yerda deyarli 2 mingta elektromobil sotilgan. Mamlakatda elektromobillar savdosi o‘tgan yilga nisbatan ikki baravar oshdi.
Avvalroq «Kursiv» BYD yangi elektromobilini taqdim qilganini e’lon qilgan edi.