Bozordagi vaziyat: oltin va kumush narxi oshib bormoqda
eʼlon qilindi
Meta aksiyalari narxi pasaymoqda
Seshanba kuni ertalab bir unsiya oltin narxi 0,24 foizga oshib, $2 344 tashkil etdi, deya xabar bermoqda «Trading economics» portali.
Kumush narxi ham oshib bormoqda: unsiya $28,5 turadi. Bu kechagi kunga nisbatan 0,61 foizga ko‘pdir.
Investorlar bu hafta AQShdagi inflyatsiya hisobotlarini kutishmoqda. Ushbu ma’lumotlar mamlakat hokimiyat organlarining pul-kredit siyosatini rivojlantirish qadamlarini prognoz qilishga yordam beradi.
Intel (+1,94 foiz) va Apple (+1,65 foiz) aksiyalari qimmatlashmoqda. Meta qimmatli qog‘ozlar narxi pasaymoqda (-1,73 foiz).
Avvalroq «Kursiv» 13-may kuni bozorlardagi vaziyat haqida yozgan edi.