BYD yangi Sea Lion 07 elektromobilini taqdim qildi

eʼlon qilindi
Mashina Tesla Model Y'ga raqobatchi bo'lishi kutilmoqda
Foto: CarNewsChina

Xitoyning BYD avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Sea Lion 07 nomli yangi elektromobilni taqdim etdi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Elektromobilning standart narxi $26,2 mingni tashkil etadi, eng qimmat modeli 550 4WD Smart esa xaridorga $33,2 mingga tushadi.

Ishlab chiqaruvchining soʻzlariga koʻra, akkumulyatorning kuzovga integratsiya boʻlishi Sea Lion 07ʼning old toʻqnashuvlarda xavfsizligini 60 foizga oshirdi. Ushbu texnik yechim kuzovning kuchini 60 foizdan ortiq oshirishga imkon berdi.

BYD yangi elektromobil DiPilot 100 Godʼs Eye tizimi bilan jihozlangan birinchi BYD avtomobili boʻlishini ta’kidladi. Ushbu platforma ultratovushli radarlar va kameralar majmuasini oʻz ichiga oladi.

BYD tomonidan taqdim etilgan yangi elektromobil Xitoy bozorida eng koʻp sotilgan Tesla — Model Y bilan raqobat qilish uchun moʻljallangan.

Avvalroq «Kursiv» 2024-yil may oyida Tesla Shanxay zavoddagi xodimlarni yanada qisqartirishga qaror qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek