Oʻzbekiston oziq-ovqat bozoriga Rossiyaning yangi kompaniyalari kirib keldi
Rossiyaning ikkita sut va baliq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Oʻzbekiston bozoriga chiqish imkoniyatiga ega boʻldi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi veterinariya va fitosanitariya nazorati federal xizmati (Rosselxoznadzor) xabar berdi.
Qayd etilishicha, kompaniyalarning nomlari koʻrsatilmagan, lekin ular Tatariston Respublikasi va Kamchatka oʻlkasida joylashganligi ma’lum qilingan. Ushbu tashkilotlarga Oʻzbekistonga eksport qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan ruxsat berildi.
Oʻzbekiston hududiga olib kirilayotgan mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash va saqlashni amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestriga Rossiyadan 409 ta chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar kiritilgan.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistondan Rossiya Federatsiyasiga asalarilarni olib kirish qoidalari haqida xabar bergan edi.