Yangiliklar

Oʻzbekiston va Qozogʻiston transportda yuk tashish hajmini 1,8 million tonnaga yetkazdi

2023-yil yakunlariga ko‘ra
Foto: ginasanders/Depositphotos

Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida avtomobil transportida eksport-import yuk tashish hajmi 2023-yilda 1,8 million tonnaga yetdi. Yil davomida bu koʻrsatkich 8 foizga oshgan, deya xabar bermoqda Qozogʻiston Transport vazirligi.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamov va uning qozogʻistonlik hamkasbi Marat Qoraboyev oʻrtasidagi uchrashuvda ma’lum qilindi.

Vazirlik rahbarlari havo qatnovi masalalariga ham toʻxtaldi. Bugungi kunda ikki davlat oʻrtasida reyslar soni haftasiga 37 taga yetdi.

2023-yilda tomonlar ikki davlat poytaxtlari oʻrtasidagi reyslar chastotasini haftasiga 12 martadan 36 martagacha oshirishga kelishib olgan edi. Shuningdek, boshqa yoʻnalishlarga reyslar haftasiga toʻrt martagacha koʻpayishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, Mahkamov va Qoraboyev Trans-Afgʻon avtomobil yoʻli loyihasini amalga oshirish masalasini muhokama qildi. Qozogʻiston tomoni ushbu tashabbus ishtirokchilarini temir yoʻl uchun materiallar bilan ta’minlashga tayyorligini ma’lum qildi.

Avvalroq «Kursiv» temir yoʻllarni qurish va modernizatsiya qilish Oʻzbekiston rasmiylari uchun strategik ahamiyatga ega ekani haqida xabar bergan edi.