![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2023/04/11.04-it-workers-1024x683.jpg)
Oʻzbekiston IT Parki startaplar oʻrtasida tanlov oʻtkazadi. Mukofot miqdori bir milliard soʻmgacha boʻladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kecha, 13-may kuni prezident Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekistonda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, bu sohada yoshlarni va loyihalarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari boʻyicha axborot berildi.
Davlat rahbari IT-startaplar oʻrtasidagi tanlov xuddi «President Tech Award»dagi kabi nufuzli xalqaro kompaniyalar tomonidan baholashni yoʻlga qoʻyish zarurligini ta’kidladi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonning 15 viloyatida yoshlarni oʻqitish uchun IT-shaharlar tashkil etilishi haqida xabar bergan edi.