Oʻzbekistonda benzin va dori-darmon narxining oshishi aholini tashvishga solmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi
Foto: Stock

Joriy yilning aprel oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi oʻtgan oyga nisbatan biroz tezlashib, 13,7 foizni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Sezilgan inflyatsiya darajasining eng yuqori koʻrsatkichi Toshkent shahrida qayd etilgan boʻlsa, eng past sezilgan inflyatsiya darajasi Qoraqalpogʻistonda kuzatildi.

Shuningdek, mart-aprel oylarida aholi tomonidan narxlarida yuqori oʻsish kuzatilgan asosiy turdagi tovar va xizmatlar ham taqdim qilindi.

Unga koʻra, soʻrovnomada ishtirok etgan respondentlarning 43 foizi mart oyida benzin va yonilgʻi narxining oshganini qayd etgan boʻlsa, aprel oyida bu koʻrsatkich 38 foizni tashkil qildi. Shuningdek, soʻrovnoma ishtirokchilarining 24 foizi mart oyida, 36 foizi aprel oyida dori-darmonlar narxlarining oshganini ta’kidlandi. Aholi tomonidan narxi keskin oʻsgan mahsulotlar uchligini goʻsht va sut mart oyida 29 foiz, aprelda 28 foiz bilan yakunlab berdi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda inflyatsiya koʻrsatkichi 8 foizgacha sekinlashgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek