15-may kuni O‘zbekistonning ba’zi hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin

eʼlon qilindi
Kuchli shamol bo‘lishi ehtimoli bor
Rasm: Piqsels

Bugun, 15-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Kunduzi havo harorati 25-30 daraja iliq bo‘ladi, deb xabar beradi  «O‘zgidromet».

Poytaxtda aksincha, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo quyoshli va issiq bo‘ladi. Kunduzi havo harorati 30-35 darajagacha isiydi, kechasi esa 19-21 iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kuchli shamol bo‘lishi ehtimoli bor. Kunduzi havo harorati 20-25 daraja iliq va kechasi 11-16 daraja iliq bo‘ladi.

Shuningdek