Afg‘onistonliklarga Termiz shahridagi savdo markazida binolarni ijaraga olish va sotib olishga ruxsat beriladi

eʼlon qilindi
Pokiston fuqarolariga ham
Rasm: O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi

Afg‘oniston va Pokiston fuqarolari Termiz xalqaro savdo markazi hududida joylashgan savdo do‘konlari va ishlab chiqarish binolarini ijaraga olishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqdagi farmonni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzoladi.

Hujjatda qayd etilishicha, ushbu mamlakatlar vakillari istisno tariqasida ushbu markazda chakana savdo nuqtalari va obyektlarni sotib olishlari mumkin.

Markazda faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston korxonalari afg‘onlar, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ishga olishlari mumkin bo‘ladi.

Markaz hududida so‘mdan tashqari AQSh dollari, Rossiya rubli, yevro va yuanni ham qabul qilishga ruxsat berilgan.

Shu bilan birga, chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar markazda 15 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga vizasiz qolishlari mumkin.

Savdo markazda xarid qilingan tovarlarga qoʻshilgan qiymat soligʻi qoʻyilmaydi (Tax Free).

2024-yil oxirigacha Afg‘oniston Mozori-Sharifidan savdo markaziga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Termiz xalqaro savdo markazi 2022-yil oxirida ochilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek