Dollarning narxi deyarli 12 730 so‘mgacha qimmatlashdi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Uning o‘rtacha tortilgan qiymati 17,01 so‘mga ko‘tarildi 
                    
                            
15-may kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 17,01 so‘mga ko‘tarildi va 12 727,96 so‘mni tashkil qildi.
O‘zbekiston tijorat banklari AQSh valyutasini 12 650 – 12 700 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 720 – 12 790 so‘mdan sotishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 14-may kuni dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 11,10 so‘mga o‘sgan edi.
