IFC Markaziy Osiyoda startaplarni qo‘llab-quvvatlash uchun $5 mln sarmoya kiritadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Sturgeon Emerging Opportunities II mablag‘ni oladi
Rasm: Unspalsh

Sturgeon Emerging Opportunities II startaplarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Xalqaro moliya korporatsiyasidan (IFC) $5 mln oladi, deb xabar bermoqda moliya instituti matbuot xizmati.

Investitsiyalar Markaziy Osiyo startaplarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Qayd etish joizki, fond Sturgeon Capital investitsiya tashkiloti tomonidan boshqariladi.

Joriy yilning mart oyi oxirida Sturgeon Capital kompaniyasi O‘zbekistonda va mintaqaning boshqa mamlakatlarida moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

Sturgeon Emerging Opportunities II ning ustuvor yo’nalishlari finteh, b2b sektori, ta’lim va boshqa sohalar bo‘ladi.

IFC bayonotiga ko‘ra, ajratilgan mablag‘ korporatsiyaning Startup Catalyst tashabbusining bir qismidir. Ushbu dastur inkubatorlar va fondlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali startaplarning moliyaviy muammolarini hal qilishga qaratilgan.

Avvalroq «Kursiv» 2023-yil sentabr holatiga ko‘ra, IFC O‘zbekiston iqtisodiyotiga $1,6 mlrd sarmoya kiritganini yozgan edi. Tashkilot, shuningdek, respublikaga Sirdaryodagi issiqlik elektr stansiyasi qurilishi uchun $1 mlrd yig‘ishga yordam berdi.

Shuningdek