Kannda 77-xalqaro kinofestivali ish boshladi

eʼlon qilindi
Hakamlar hay’atiga Greta Gervig boshchilik qildi
Фото: www.britishherald.com

Fransiyada Kann kinofestivalining navbatdagi marosimi ochildi. Bu haqda Vanity Fair xabar bermoqda.

Kann kinofestivali 25-maygacha davom etadi va bu yilgi hakamlar hay’atiga amerikalik rejissyor Greta Gervig («Barbi», «Kichik ayollar») boshchilik qiladi.

Festivalning ochilish filmi fransuz rejissyori va musiqachisi Kventin Dyupining «Ikkinchi akt» filmi boʻldi. Shuningdek, Asosiy tanlov dasturiga Frensis Ford Koppola, Devid Kronenberg, Yorgos Lantimos, Paolo Sorrentino va Kirill Serebrennikov kabi rejissyorlarning 20 dan ortiq filmlari kirdi.

Ma’lumot uchun, Kann kinofestivali birinchi marta 1946-yilda oʻtkazilgan va dunyodagi eng qadimiy festivallardan biridir. Festivalning bosh sovrini — «Palma yaprogʻi» hisoblanadi.

Avvalroq «Kursiv» 2024-yildagi «Oskar» mukofotining taqdirlash marosimi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek