Polsha poytaxti Varshava shahrida boʻlib oʻtgan «Superbet Poland – 2024» turniri yakunlandi. Unda oʻzbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etib, oltinchi oʻrinni egalladi.
Dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatnashgan musobaqada Nodirbek Abdusattorov Rapid bahslarini 8 ochko bilan 7-oʻrinda yakunladi.
18 turdan iborat blits bahslarida esa Nodirbek Abdusattorov 9.5 ochko toʻplashga muvaffaq boʻldi.
Shu tariqa Nodirbek Abdusattorov musobaqani 17.5 ochko toʻplab, 6-oʻrinda yakunladi. Shu bilan birga, o‘zbekistonlik shaxmatchi $11ming pul mukofotiga ham ega chiqdi.
E’tiborlisi, oʻzbekistonlik shaxmatchi blits bahslarining birinchisida dunyoning birinchi raqamli sportchisi Magnus Karlsendan ustun keldi.
Avvalroq «Kursiv» Nodirbek Abdusattorov Shvetsiyada bo‘lib o‘tgan «Tepe Sigeman – 2024» turniri g‘olibi bo‘lgani haqida xabar bergan edi.