O‘zbekistonda qo‘shimcha haq to‘lanadigan o‘qituvchilar ro‘yxati tasdiqlandi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Yangiliklar muharriri
2025-yilgacha ularga har oy qo‘shimcha 5,25 mln so‘m miqdorida maosh beriladi
Rasm: Sherzod Nazarov / UzA

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mehnat faoliyati uchun oylik ustama toʻlanadigan oʻqituvchilar roʻyxatini tasdiqladi.

Mukofotlar maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan to‘lanadi.

Ro‘yxatga 1005 nafar o‘qituvchi kiritilgan. Ularga 2024-yilning may oyidan 2025-yilning yanvarigacha eng kam ish haqining 5,5 baravari miqdorida (5,25 mln so‘m) oylik ustama to‘lanadi.

Roʻyxat bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, «English Speaking Nation» dasturi O‘zRdagi 18 ming nafar o‘qituvchining ingliz tilini o‘rganish darajasini oshirgan edi.

Shuningdek