«RG Brands Kazakhstan» kompaniyasi Oʻzbekistonga ichimlik eksportini oshiradi
Salqin ichimliklar ishlab chiqaruvchi «RG Brands Kazakhstan» kompaniyasi Oʻzbekiston bozori uchun mahsulot ishlab chiqarish va yetkazib berish hajmini oshirish niyatida. Bu haqda Qozogʻiston taraqqiyot banki matbuot xizmati xabar berdi.
Buning uchun Qozogʻiston Taraqqiyot banki «Nurbank» va «CenterCredit» bank bilan birgalikda kompaniyaga umumiy summasi $60,1 million boʻlgan sindikatlashtirilgan kredit ajratadi. Ishlab chiqarishni kengaytirishga $28.3 mln ajratilsa, eksportdan oldingi moliyalashtirish uchun 31,8 mln yoʻnaltiriladi.
Maʼlumot uchun, «RG Brands Kazakhstan» kompaniyasi 2006-yil aprel oyida tashkil etilgan boʻlib, kompaniya ichimliklar ishlab chiqarishdan tashqari, Qozogʻiston ichimlik savdo bilan ham shugʻullanadi.
«RG Brands Kazakhstan» kompaniyasi Piala brendi ostida choy, DaDa, Gracio sharbatlari, shuningdek Pepsi, Mirinda, 7Up gazli ishimliklarini ishlab chiqaradi.
Qozogʻiston kompaniyasi Pepsico Inc. kompaniyasining gazlangan ichimliklarini Qirgʻizistonda 2025-yilgacha sotish huquqiga ham ega hisoblanadi.
Avvalroq «Kursiv» 2023-yil martida Pepsi 15 yil ichida birinchi marta oʻz logotipini yangilagani haqida xabar bergan edi.