Toshkentda shahar “marshrutkalari” uchun tender o‘tkaziladi
eʼlon qilindi
To‘qqizta yo‘nalish savdoga qo‘yilgan
Toshkentda shahar marshrutkalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ochiq onlayn tender o‘tkaziladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tender Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi tomonidan 15-iyun kuni soat 14:00 da o‘tkaziladi.
Tanlovda «Quruvchilar mavzesi – Gulobod ko‘chasi», «Qo‘yliq 2-mavzesi bekati – Do‘stlik metrosi» va “O‘rikzor mavzesi bekati – Oloy bozori» yo‘nalishi bo‘yicha to‘qqizta lot taklif etiladi.
Tenderda ishtirok etish uchun arizalar e-tender.uztrans.uz sayti orqali qabul qilinadi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qo‘shni davlatlarga avtobus qatnovini ikki baravar oshirishni topshirganini yozgan edi.