Toshkentda shahar marshrutkalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ochiq onlayn tender o‘tkaziladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tender Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi tomonidan 15-iyun kuni soat 14:00 da o‘tkaziladi.
Tanlovda «Quruvchilar mavzesi – Gulobod ko‘chasi», «Qo‘yliq 2-mavzesi bekati – Do‘stlik metrosi» va “O‘rikzor mavzesi bekati – Oloy bozori» yo‘nalishi bo‘yicha to‘qqizta lot taklif etiladi.
Tenderda ishtirok etish uchun arizalar e-tender.uztrans.uz sayti orqali qabul qilinadi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qo‘shni davlatlarga avtobus qatnovini ikki baravar oshirishni topshirganini yozgan edi.