Bugun, 16-may kuni faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida quruq havo bo‘ladi. Boshqa viloyatlarda havo bulutli bo‘ladi va yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati 25-30 daraja iliq bo‘ladi, deb xabar beradi «O‘zgidromet».
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi. Kun davomida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi havo harorati 30-35 issiq, kechasi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Momaqaldiroq ehtimoli bor. Havo harorati kunduzi 14-19 iliq bo‘ladi, kechasi esa 8-13 daraja iliq bo‘ladi.