2024-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistondan xorijga 1,3 millionga yaqin sayyohlar tashrif buyurdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 40,7 foizga ko‘pdir, deya xabar berdi Statistika agentligi.
O‘zbekistondan 559 mingga yaqin fuqarolar Qirg‘izistonga, 260 ming nafari Tojikistonga tashrif buyurgan. Bu davrda Qozogʻiston 184 ming oʻzbekistonlik sayyohni qabul qildi.
O‘zbekiston fuqarolari orasida eng mashhur sayyohlik yo‘nalishlari 5 taligiga Saudiya Arabistoni va Rossiya ham kirdi.
Avvalroq «Kursiv» 2024-yilning birinchi choragida O‘zbekistonga 1,5 million xorijlik tashrif buyurgani haqida yozgan edi.