Yangiliklar

Andijonda piyodalar oʻtish joyida oʻtayotgan fuqaroni lacetti urib yubordi — video

Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Andijon tumani Paxtaobod tumanida Lacetti boshqaruvchida boʻlgan shaxs piyodalar oʻtish joyidan oʻtayotgan fuqaroni urib yubordi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 13-may kuni soat 15:00 lar atrofida «Toʻpabjuvoz» MFY hududida yuz bergan. Lacetti boshqaruvida bo‘lgan 2001-yilda tugʻilgan haydovchi chorrahada svetoforning yashil chirogʻida piyodalar yoʻlakchasidan keskin oʻtgan 1983-yilda tugʻilgan piyodani urib yuborgan.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2024/05/video_2024-05-16_12-30-38.mp4
Video: Andijon bugun Telegram kanali

YTH natijada piyoda oʻng oyoq boldir suyagining yopiq sinishi bilan bogʻliq tan jarohati olgan. Hozirda ushbu holat yuzasidan tuman IIB Tergov boʻlimi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Toshkentda tashkil etilgan noqonuniy poygada bir kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi.