Mashhur illyuzionist Devid Kopperfildni tegajog‘likda ayblashmoqda

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
16 nafar ayol ayblamoqda
Rasm: Reuters

Mashhur amerikalik illyuzionist Devid Kopperfild tegajog‘likda ayblanmoqda. Uni 16 nafar ayol ayblamoqda.

Ularning aksariyati voqea sodir bo‘lgan paytda voyaga yetmaganligini ta’kidlashdi. Ba’zilarning aytishicha, ular hodisa vaqtida 15 yoshda bo‘lishgan, garchi Kopperfild ularning yoshini bilmagan bo‘lishi mumkin.

Ayblovchilarning so‘zlariga ko‘ra, illyuzionist ularga qarshilik qilolmasligi uchun giyohvand moddalari bergan. Kopperfild advokatlari bu da’volarni rad etishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Rammstein rok guruhining solisti Till Lindemann jinsiy jinoyatlarda ayblangan edi. Natijada eng yirik ovoz yozish kompaniyalaridan biri Universal Music guruh bilan hamkorlikni cheklashga qaror qildi.

Shuningdek