Namanganda kuchli do‘l yog‘di – video
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Do‘l tog'li hududlarda qayd etilgan

Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida do‘l yog‘di, deb xabar berdi Uzb Meteo Telegram kanali.
Eslatib oʻtamiz, «Oʻzgidromet» ma’lumotlariga koʻra, bugun Oʻzbekistonda shamol 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin («Bofort» shkalasi boʻyicha — «juda kuchli» shamol). Respublikada yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» iqlim O‘zbekistondagi ishbilarmon ayollar soniga qanday ta’sir qilishi haqida yozgan edi.