Namangandan Chodakka temir yoʻl qatnovi yoʻlga qoʻyildi
eʼlon qilindi
Poyezd har kuni harakatlanadi
O‘zbekistonda Namangan – Chodak – Namangan yo‘nalishi bo‘yicha birinchi temir yo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yildi, deb xabar berdi «Namanganskaya Pravda».
Poyezd har kuni harakatlanadi. Namangan – Chodak yo‘nalishi bo‘yicha poyezd 8:10 da jo‘naydi, Chodakka yetib kelishi 11:16 da. Chodak – Namangan yo‘nalishida esa poyezd Chodakdan soat 19:20 da jo‘nab, Namanganga 22:31 da yetib boradi.
Yangi yo‘nalish ochilishi faxriylar, faollar, jamoat arboblari, yoshlar ishtirokidagi tantanali marosim bilan boshlandi.
Avvalroq «Kursiv» Namangan va Buxoro o‘rtasida temir yo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yilishi xabar qilgan edi.