O‘zbekiston 2029-yilgi ayollar Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi
eʼlon qilindi
Bu haqda OFK prezidenti Shayx Salmon e’lon qildi

15-may kuni Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Ijroiya qoʻmitasining Tailand poytaxti Bangkokda boʻlib oʻtgan 4-yigʻilishida OFK prezidenti Shayx Salmon 2029-yilgi qit’a turniriga Oʻzbekiston mezbonlik qilishini rasman e’lon qildi.
Ushbu yigʻilishda OFK prezidenti 2026-yilgi Osiyo kubogi Avstraliyada boʻlib oʻtishini ma’lum qildi.
Marosimda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (OʻFA) birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ishtirok etdi.
Avvalroq «Kursiv» Parij Olimpiya oʻyinlarida futbol boʻyicha terma jamoamizni raqiblari aniqlanganini e’lon qilgan edi.