O‘zbekiston Qirg‘izistonga farmatsevtika mahsulotlarini eksport qilish hajmi bo‘yicha kuchli uchlikdan joy oldi
O‘zbekiston 2024-yilning birinchi choragida Qirg‘izistonga farmatsevtika mahsulotlari yetkazib berish hajmi bo‘yicha kuchli uchlikka kirdi, deb xabar berdi «Tazabek».
Yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zR qo‘shni davlatga 754 tonna farmatsevtika mahsuloti eksport qildi, bu esa ikkinchi ko‘rsatkichdir. Pul ko‘rinishida eksport $2,2 millionni tashkil etdi (sakkizinchi o‘rin).
Qirg‘izistonga yetkazib berish bo‘yicha yetakchi Qozog‘iston – 931 tonna, Xitoy uchinchi o‘rinda – 594 tonna.
Pul jihatidan Hindiston yetakchilik qilmoqda – $8,7 mln, Turkiya va Rossiya – mos ravishda $6,6 mln va $5,8 mln.
O‘zbekiston Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi choragida mamlakatimizdan xorijga $7,4 millionlik tibbiy mahsulotlar yetkazib berilgan, o‘tgan yili farmatsevtika mahsulotlari eksporti $8,6 millionga yetgan.
Avvalroq «Kursiv» may oyi boshida O‘zbekistondagi farmatsevtika korxonalari tomonidan 1 trln so‘mlik dori va dori vositalari ishlab chiqarilgani haqida yozgan edi.