Toshkentda Botir Zokirov haykali ochildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Marosimda Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 16-may kuni Toshkent shahrida milliy estrada san’ati asoschisi, Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirov haykali ochildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, san’at muxlislarini qizgʻin tabrikladi.

«Bugun oʻziga xos san’at va madaniyat bayrami. Ushbu quvonchli voqea bilan siz, azizlarni, rahmatli Botir Zokirovning yaqinlari va muxlislarini, butun xalqimizni samimiy muborakbod etaman», dedi prezident.

Botir Zokirov juda qisqa – 49 yil umr koʻrgan. Lekin shu yillar davomida oʻzidan rang-barang va boy ijodiy meros qoldirgan.

«Bu haykal Botir Zokirov xotirasiga oʻrnatilgan ramziy bir timsoldir. Ayni paytda Yangi Oʻzbekistonda madaniyat va san’atni ravnaq toptirish yoʻlida olib borayotgan barcha islohotlarimiz va ularning amaliy natijalari bu ulugʻ ijodkorga eng munosib yodgorlik boʻladi», dedi davlat rahbari.

Shuningdek, davlat rahbari tomonidan Vazirlar Mahkamasiga alohida qaror tayyorlash topshirildi. Unda Toshkent shahrida san’atkorning memorial muzeyini barpo etish, estrada san’ati boʻyicha Botir Zokirov nomidagi xalqaro koʻrik-tanlov va talabalar uchun davlat stipendiyasi joriy etish, badiiy film yaratish, Milliy estrada simfonik orkestri faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash kabi vazifalar koʻzda tutiladi.

Ma’lumot uchun, Botir Zokirov 1936-yilda san’atkorlar oilasida tugʻilib, voyaga yetgan. 29 yoshida Oʻzbekiston xalq artisti unvoniga sazovor boʻlgan. 2000-yilda «Buyuk xizmatlari uchun» va 2021-yilda «El-yurt hurmati» ordenlari bilan mukofotlangan.

Shuningdek